Янгиликлар
29
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda face-ID usuli joriy qilinadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda face-ID usuli joriy qilinadi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi. Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi. Shuningdek fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish bepul asosda amalga oshiriladi. Bu haqida 2024-yil 24-may kungi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi qabul qilingan prezident farmonida so‘z boradi. 2024-yil 1-iyuldan Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko‘ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladigan bo‘ldi. 2024-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy qilindi. Bunda Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.
Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i A.J.Jabbarov