Янгиликлар
28
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
Beruniy tumani adliya boʻlimi tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
Tuman adliya boʻlimiga hisobot davrida 527 ta xat va hujjatlar kelib tushgan, shundan 275 tasi ijro etilgan, fuqarolarning murojaatlari 326 tani tashkil etib, shundan 294 tasi hal etilgan, 15 tasi ijroda, 16 tasi taalluqliligi bo`yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi, 1 tasi ko`rmasdan qoldirildi, hal etilgan murojaatlarning 230 tasi (78,2 %) qanoatlantirildi, qolgan 64 tasiga tushuntirish berildi.
Shuningdek, 71 tashkilotda 19 ta oʻrganish va 18 ta monitoringlar o’tkazilgan bo’lib, uning natijasida 4118 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi hamda 130 ta huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan bo`lib, shundan 42 tasi taqdimnoma, 23 ta ma’muriy taklif, 2 tasi ogohnoma, 63 tasi da’vo arizalarni tashkil qiladi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga umumiy summasi 875 449 000 soʻmlik 50 ta da’vo arizalar kiritilgan, shundan ish haqi va ustama to`lovlari undirish boʻyicha 42 ta da’vo arizalar, yuridik faktni belgilash bo`yicha 8 ta ariza kiritildi, sudning hal qiluv qaroriga asosan 1 ta fuqaroning olti nafar voyaga yetmagan farzandlarining tug`ilganligi fakti, 5 nafar shaxsning o`lganligi fakti, 1 nafar fuqaroning O`zbekiston Respublikasida 15 yildan ortiq yashaganlik belgilandi, 8 ta fuqaroga 155 992 651 so`m miqdorida ustama haq undirib berildi, shuningdek Nukus tumanlararo Ma’muriy sudiga 13 ta ariza kiritilib, shundan 12 tasi bo`yicha Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi Beruniy tuman bo`limining javob berish bilan bog`liq bo`lgan 2 ta harakati va 10 ta qarori qonunga hilof dep topilib, 12 nafar fuqarolarning mehnat daftarchasida qayd etilgan ish yillarini mehnat satjiga qo`shib hisoblash va pensiya tayinlash bo`yicha majburiyat yuklatildi.
Sudgacha taqdimnoma asosida fuqarolarga 1 111 373 000 soʻm ish haqi, ustama va boshqa to`lov pullari undirib berilib, 255 nafar fuqarolarning, 3 nafar tadbirkorlik subyektlarning buzilgan huquqlari tiklab berildi.
Fuqarolar murojaatlari hamda o’tkazilgan o’rganishlar asosida davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan taqdimnomalarga binoan 9 ta xodim intizomiy javobgarlikka, 23 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, o'tkazilgan o'rganishlar va monitoringlar davomida aniqlangan qonunchilikka nomuvofiq bo'lgan 407 ta hujjat bekor qilindi,
17 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi.
Boʻlimga Xalq deputatlari tuman Kengashining 8 ta, tuman hokimining 3 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan bo`lib, shundan 8 tasiga ijobiy, 1 tasiga salbiy xulosa berildi, 2 tasi belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli qaytarilgan.
Huquqiy targʻibot boʻyicha 2909 ta tadbir, shundan ommaviy axborot vositalari orqali 143 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 680 ta, 2043 ta ogʻzaki,
43 ta koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilgan qonunchilik hujjatlari soni 712 tani tashkil etdi.
Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i,
I darajali yurist S.Raimbekova,