Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Masʼuliyat oshirilib, boshqaruv ixchamlashtirilmoqda


Masʼuliyat oshirilib, boshqaruv ixchamlashtirilmoqda

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar va huquqiy tizimni takomillashtirish yoʻlida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi jamiyatda adolatni taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash va mamlakat fuqarolarining huquqlarini samarali himoya qilishdir. Bu borada muhim qadam sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonning maqsadi adliya organlari faoliyatini takomillashtirish orqali boshqaruvni ixchamlashtirish, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish va fuqarolarga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmatlarning sifatini yaxshilashdir. Farmon fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga, shuningdek, adliya tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
Farmon bilan adliya organlarining faoliyat yoʻnalishlari kengaytirildi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Bular orasida quyidagilar muhim oʻrin tutadi:
- har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish orqali aholining dolzarb huquqiy muammolarini hal etish.
- olis hududlardagi fuqarolarga kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish.
- fuqarolar kundalik hayotida duch keladigan huquqiy masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va ularni aholiga yetkazish.
- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, xususan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga bepul yuridik yordam koʻrsatish.
- yoshlar, xotin-qizlar va tadbirkorlik subyektlarini davlat imtiyozlari, subsidiyalar va grantlar haqida xabardor qilish.
Farmonning amalga oshirilishi bir qator muhim natijalarga erishishni koʻzda tutadi:
1. Adliya organlari faoliyatining samaradorligini oshirish orqali aholiga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yaxshilash.
2. Boshqaruv tizimini ixchamlashtirish orqali qaror qabul qilish jarayonlarini tezlashtirish va byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish.
3. Adliya tizimida xalqaro tajriba va standartlardan keng foydalanish orqali mamlakatning huquqiy tizimini jahon andozalariga moslashtirish.
Farmonning toʻliq ijrosini taʼminlash maqsadida, bir qator amaliy chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Ulardan biri – adliya xodimlari uchun maxsus taʼlim va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishdir. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, ish jarayonlarining samaradorligini oshirish ham koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son farmoni mamlakat adliya tizimini optimallashtirish va isloh qilish yoʻlida muhim ahamiyatga ega. Bu islohotlar nafaqat huquqiy xizmatlarning sifatini oshirishga, balki fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ham yordam beradi. Shu bilan birga, islohotlarning amaliy ahamiyati mamlakatning xalqaro huquqiy maydondagi nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi.
Har bir fuqaro va jamoatchilik ushbu islohotlarni qoʻllab-quvvatlashi, ularning ijrosida faol ishtirok etishi muhimdir. Bu, oʻz navbatida, mamlakatda adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Beruniy tumani adliya bo`limi boshlig`i,
I darajali yurist S.Raimbekova