Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Sayyor qabulda 5 nafar fuqaroning muammolariga yechim topildi


Sayyor qabulda 5 nafar fuqaroning muammolariga  yechim topildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi 346-son buyrug‘iga 2-ilova “Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasini samarali tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumani adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 18-oktabr kuni “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida, 21-oktabr kuni “Qizilqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.
Sayyor qabullar davomida 5 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilindi, shuningdek, 8 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi.
Ijobiy hal qilingan murojaatlarning 3 tasi uy-joy masalasida, 2 tasi bolalarni bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma olish masalasida bo‘lib, tuman markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan 5 nafar fuqaroning muammolariga yechim topildi.

Beruniy tumani adliya bo'limi boshlig‘i,
I darajali yurist S.Raimbekova