Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar


Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar

YIDXP Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hozirda 674 ta onlayn xizmatlar koʼrsatib kelinmoqda. Endilikda ular qatorida ishga joylashishga oid xizmatlar ham boʼlib, bu minglab yurtdoshlarimiz uydan chiqmagan holda, birgina telefon orqali oʼzlariga zarur maʼlumotlarga ega boʼlishlari mumkin. My.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi “Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar” boʼlimida 8 ta bepul va 3 ta pulli, jami 11 ta onlayn xizmatlarni oʼz ichiga oladi, ular quyidagilar: JSHSHIR berilganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma, Yashash joyi bo‘yicha maʼlumotnoma, Foydalanuvchi fotosurati, Ish tajribasi haqida maʼlumotnoma, O‘zini o‘zi band qilganlik haqida maʼlumotnoma, Taʼlim muassasasini tugatganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma, Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag'i haqida maʼlumotnoma, Imkoniyati cheklangan shaxs haqida maʼlumotnoma, Narkologiya bo‘yicha dispanserdan maʼlumotnoma, Ruhiy kasalliklar dispanseridan maʼlumotnoma, Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida maʼlumotnoma.
ESLАTMА: Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun OneID tizimida roʼyxatdan oʼtish zarur.

Ellikqal’a tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlar markazi direktori:
N.Xadjiyev