Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2023-2024 yillarning I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2023-2024 yillarning I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023 yil 1-choragida 1886 ta, 2024 yilda 1821 ta (-65) murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 3,5 % kamaygan.
2023 yilning I-choragida kelib tushgan murojaatlarning 1054 tasi qanoatlantirilgan, 559 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan,
9 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 ta murojaatlar rad etilgan, 104 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davri oxiridagi qoldiq 137 tani tashkil qiladi.
2024 yilning I-choragida kelib tushgan murojaatlarning 1069 tasi  qanoatlantirilgan, 470 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan,
16 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 133 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davri oxiridagi qoldiq 133 tani tashkil qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga  2024-yil  1-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 203 ta
(2023-yil 1-choragida 191 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
kelib tushgan. Shundan, 48 tasi qanoatlantirildi, 123 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 11 tasi ko‘rmasdan qoldirildi (ilova jadval shaklida).
Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2023-yil 1-chorak va 2024-yil 1-chorak)
Jami kelib tushgan murojaatlar soni Qanoatlantirilgan murojaatlar soni    Tushuntirish berilgan soni    Ko‘rmasdan qoldirilgan
2023-yil 1- chorak    2024-yil 1-chorak    2023-yil 1-chorak    2024-yil 1-chorak    2023-yil 1-chorak    2024-yil 1-chorak    2023-yil 1-chorak    2024-yil 1-chorak
191    203    83    48    102    123    6    11
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli o‘rganib chiqish choralari ko‘rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida murojaatlarni joyiga chiqqan holda, ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Xususan, 2023 yil 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning
177 tasi, 2024 yil 1-choragida 323 tasi (+146) bevosita joyiga chiqilib,
hal qilindi.
Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2023 yil 1-choragida 27 ta, 2024 yil
1-choragida 79 ta (+52) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik rahbariyatining shaxsiy va sayyor qabullarida 2023 yil
1-choragida 112 ta, 2024 yil 1-choragida 120 ta (+8) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2023 yil 1-choragida
853 ta arizalar, 1033 ta shikoyatlar va 2 takliflar, 2024 yil 1-choragida
827 ta arizalar (-26), 994 ta (-39) shikoyatlar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda
2023 yil 1-choragida mehnat nizolari (346 ta), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (126 ta), yerga doir (25 ta), uy-joy (14 ta), ta’limga doir (24 ta) masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa,


2024 yil 1-choragida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari (457 ta, +111), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (89 ta, -37), yerga doir (19 ta, -6),
uy-joy (26 ta), ta’limga doir (22 ta, -2) tashkil etmoqda.



















2024-yil I-choragida 2023-yilning I-choragiga nisbatan qo‘yidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.










  








Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2023 yil 1-choragida 59 ta taqdimnomalar, 433 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 1 884 822,525 so‘m kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 26 ta ma’muriy takliflar (shundan 5 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 3 ta jinoiy takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2024 yil 1-choragida davomida 296 ta (+237) taqdimnomalar, 589 ta
(+156) da’vo arizalari, da’vo summasi 2 561 493,720 so‘m (+676671,195 so‘m) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 197 ta (+171) ma’muriy takliflar (404 tasi (+399) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) tegishli davlat organlariga kiritilgan.




Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2023 yil 1-choragida 8 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 24 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 31 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 1 586 705,569 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
2024 yil 1-choragida 14 ta (+6) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
31 ta (+7) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 118 ta (+87) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 7 379 730,20 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.














Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2023 yil
1-choragida eng ko‘p murojaatlar Chimboy (204 ta), Amudaryo (136 ta), Shumanoy (115 ta) va Qonliko‘l (111 ta) tumanlari
adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Ellikqal’a (26 ta), Taxtako‘pir (51 ta), Taxiatosh (53 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2024 yil 1-choragida eng ko‘p murojaatlar Shumanoy (146 ta), Chimboy (131 ta), Nukus shahri (102 ta) va Qo’ng’irot (101 ta) tumanlari
adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Mo’ynoq (13 ta), Taxtako‘pir (20 ta), Bo’zatov (36 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.