Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tadbirkorlikni boshlomoqchi bo’lgan xotin-qizlarga osbop-uskunalar uchun mablag’ beriladi


Tadbirkorlikni boshlomoqchi bo’lgan xotin-qizlarga osbop-uskunalar uchun mablag’ beriladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi Prezident qarori (PQ-200-son, 30.05.2024 y.) qabul qilindi.
Prezident Qaroriga ko‘ra,tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini  yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish bo‘yicha respublika komissiyasi va hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruhlar  tashqillashtirildi,ishchi guruhlarga adliya vazirligi kiritildi.Ishchi guruhning  asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ochiq muloqotni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog'liq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish, har yili 15 iyulga qadar ochiq muloqot o‘tkazish joyi, muddati va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borish.
Shuningdek, har yili 15 iyundan boshlab ochiq muloqot o‘tkazilgunga qadar:
maxsus elektron platformalar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunu kun qabul qilinishini tashkilllashtiradi va   tadbirkorlar murojaatlarini ekspert guruhlari va hududiy ishchi guruhlarga yuboradi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g'risidagi yig'ma ma'lumotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etib boradi;
Hududiy ishchi guruhlar har kuni tadbirkorlardan kelib tushgan individual xususiyatga ega masalalarni joyida hal qilinishini ta'minlaydi va har hafta biriktirilgan hududning har bir tumaniga chiqqan holda, tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashkil etadi, aniqlangan tizimli muammolar va ularning echimi bóyicha takliflar kiritib boradi.
    Shunga kóra tuman adliya bólimi tamonidan har hafta hududlarda joyiga chiqqan holda,tadbirkorlar bilan sayyor qabullar tashqillashtirib,aniqlangan tizimli muammolar va ólarning echimi bóyicha takliflar Respublika shtabiga kiritib borish yólga qoyildi.

Xo’jayli tumani yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                           S.Aytmuratov