Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi asoslari


                   Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi asoslari

              Ózbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining  26-moddasida Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi tartibi nazarda tutilgan bo’lib, unga ko’ra, Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning yuzaga kelishi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksga muvofiq ular tomonidan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
          Qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan hollarda va tartibda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasiga asosan quyidagilar natijasida yuzaga keladi:
        lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish;
        lavozimga tayinlash yoki lavozimga tasdiqlash;
        vakolatli davlat organlari tomonidan ishga yuborish;
        O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqqa doir tasdiqnoma berish;
        ota-onaning har ikkisining yoki ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi;
       ish beruvchining zimmasiga mehnat shartnomasini tuzish majburiyatini yuklatish to‘g‘risidagi sud qarorini qabul qilish;
          shaxsiy mehnatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan va fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni sud tomonidan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish.
        Mehnat shartnomasi tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan taqdirda, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ish beruvchining yoki uning shunga vakolatli bo‘lgan vakilining ijozati bilan yoki topshirig‘iga ko‘ra xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilganligi asosida ham yuzaga keladi.



Xo‘jayli tumani adliya bo’limi
Yuridik xızmat ko’rsatish markazi
boshlig‘i                                                                                          G.Faxratdinova