Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2023-2024-yil I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2023-2024-yil I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil I yarim yilligida 3676 ta, 2024-yil I yarim yilligida 3341 ta (-335), murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 9,1 % kamaygan.
2023-yil I yarim yilligida kelib
tushgan   murojaatlarning   2149
tasi qanoatlantirilgan, 1099 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 54 ta murojaatlar ko‘rmasdan    qoldirilgan,
2 ta murojaatlar rad   etilgan,
193 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
2024-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 1943    tasi    (-206)
qanoatlantirilgan, 944 ta (-155)
murojaatlarga    huquqiy tushuntirishlar berilgan, 32 ta (-22) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 306 ta (+113) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2024-yil I yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 395 ta (2023-yil I yarim yilligida 644 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan. Shundan, 124 tasi qanoatlantirildi, 224 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 20 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.
Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2023-yil va 2024-yil )
Jami kelib tushgan murojaatlar soni    Qanoatlantirilgan murojaatlar soni    Tushuntirish berilgan soni    Ko‘rmasdan qoldirilgan
2023-yil I yarim yillik    2024-yil I yarim
yillik    2023-yil I yarim yillik    2024-yil I yarim
yillik    2023-yil I yarim yillik    2024-yil I yarim
yillik    2023-yil I yarim yillik    2024-yil I yarim
yillik
644    395    212    124    307    224    23    20
Vazirlik tomonidan 2023-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning
328 tasi, 2024-yil I yarim yilligida 253 tasi (- 75) bevosita joyiga chiqilib, hal qilindi.
Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2023-yil I yarim yilligida 39 ta, 2024- yil I yarim yilligida 125ta (+86) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik va tuman (shahar) adliya bo’limlarining shaxsiy va sayyor qabullarida 2023-yilda I yarim yilligida 2532 ta, 2024-yil I yarim yilligida 2272 ta (-260) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2023-yil I yarim yilligida
1781 ta arizalar, 1892 ta shikoyatlar va 2 takliflar, 2024-yil I yarim yilligi davomida 1568 ta arizalar (- 213), 1713 ta (- 179)
shikoyatlar kelib tushgan.
Kelib    tushgan
murojaatlar    xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda 2023-yil I yarim yilligi mehnat nizolari 673 ta, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq 218 ta, davlat xizmatlarini        kórsatish sohasida    50 ta,    yuridik
xizmatga          doir    qonun      hujjatlari      yuzasidan       3       ta, uy-joyga doir 92 ta, ta’lim sohasida 53 ta masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa,
2024-yil I   yarim   yilligi   davomida   ushbu   ko‘rsatkichlar   mehnat   nizolari 768 ta (+95 ), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq 173 ta (-45), davlat xizmatlarini kórsatish sohasida 66 ta (+16), yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 24 ta (+21), uy-joyga doir 56 ta (-36), ta’lim sohasida 37 (-16)ta tashkil etmoqda.
2023-yil I yarim yilligi davomida 2023-yil I yarim yilligia nisbatan qo‘yidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.
Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2023-yil I yarim yilligi 190 ta taqdimnomalar, 751 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 4 159 910,94 so‘m kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 76 ta takliflar (shundan 27 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 8 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2024-yil I yarim yilligi davomida 242 ta (+52) taqdimnomalar, 586ta
(165) da’vo arizalari, da’vo summasi 5 050 231,94 so‘m (+890 321) kiritilgan. Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 64 ta (-12)
ma’muriy takliflar (shundan 29 tasi (+2) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) tegishli davlat organlariga kiritilgan.
Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2023-yil I yarim yilligida 54 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 3 ta shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 65 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 3 ta jinoiy javobgarlikka tortilgan 93 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 3 201 425,68 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
2024-yil I yarim yilligi davomida 24 ta (-30) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 58 ta (-7) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 284 ta (+201) hujjatlar bekor qilingan   (ijrosi   to‘xtatilgan)   hamda   jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 12 332 729,8so‘m (+9 131 304,2 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.
Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2023-yil I yarim yilligida eng ko‘p murojaatlar Chimboy (316), Nukus shahri (300), Amudaryo (262 ta), Shumanay (176 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil etgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Ellikqal’a (67 ta), Bo’zatov (90 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.
2024-yil I yarim yilligi davomida eng ko‘p murojaatlar Shumanay (190 ta) Nukus shahri (184 ta), Kegeyli (174 ta), Nukus (173 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Taxtako’pir (41 ta), Mo’ynoq (82 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2024-yil I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Bo’zatov (92,2%) tumani, Nukus, Shumanay (88,4%), Mo’ynoq (84,1%) tumani adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Amudaryo (44,2%), Xo’jayli Qarao’zak (44,8%) tumanlarida kuzatildi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.
Tahlil natijalariga ko‘ra, mеhnat nizolari masalasida kеlib tushgan murojaatlarda asosan ishdan noqonuniy bushatganligi, ishga qayta tiklash va ish haqilarini undirish bayon qilingan.
Ijtimoiy sohada kеlib tushgan murojaatlarda asosan pеnsiyaga chiqish
pеnsiyani rasmiylashtirish, tayinlash tartiblari, pеnsiyani hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash holatlari shuningdеk, moddiy yordam tayinlanmayotganligi bayon qilingan.
Uy-joyga va yеrga doir sohada kеlib tushgan murojaatlarda esa, fuqarolar o‘rtasidagi o‘zora еrga va uy-joyga oid da’volar haqida bayon qilingan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kеlgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:
kelgusida   shikoyatlar    ko‘paygan    sohalarni    ish-rejalarga    kiritish
yoki monitoring asosida o‘rganishlarni tashkil etish;
murojaatlar ko‘paygan sohalarga mas’ul bo‘lgan Respublika idora rahbarlari va xodimlari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish, xususan oldagi vaqtlari sayyor qabullar grafigini sektorlar kesimida ishlab chiqilishiga, shuningdek, o‘tkaziladigan sayyor qabullarning samaradorligiga, mehnat jamoatlarida o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratish;
murojaatlarning qanoatlandirish darajasini keskin oshirishga hamda har chorak yakuni bilan murojaatlarning umumlashtirilishiga, umumlashtirish natijasida tegishli choralar ko‘rilishiga jiddiy e’tibor qaratilishi;
qaysi tashkilot xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan ko‘proq shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, mazkur tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish yoki uning yuqori turuvchisiga taqdimnoma, ogohnoma kiritish yoki taklif va tavsiyalar yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho‘basi