Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan  kelib tushgan murojaatlarning tahlili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yilda 5858 ta, 2023-yil 12 oyida 6065 ta (+207),  murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 3,5 % oshgan.
2022-yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 3823 tasi qanoatlantirilgan,
1582 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan,
53 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan,
26 ta murojaatlar rad etilgan, 322 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
2023-yilda kelib tushgan murojaatlarning 3548 tasi (-275) qanoatlantirilgan, 2009 ta (+427) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 82 ta (+29) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 3 ta
(-23) murojaatlar rad etilgan, 398 ta (+76) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 926 ta (2022-yilda 527 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan. Shundan, 460 tasi qanoatlantirildi,
435 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 31 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.
Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2022-yil va 2023-yil )
Jami kelib tushgan murojaatlar soni    Qanoatlantirilgan murojaatlar soni    Tushuntirish berilgan soni    Ko‘rmasdan qoldirilgan
2022-yil    2023-yil
    2022-yil
    2023-yil    2022-yil
    2023-yil
    2022-yil
    2023-yil

527    926    136    460    371    327    6    27
Vazirlik tomonidan 2022-yilda kelib tushgan murojaatlarning 564 tasi,
2023-yil davomida 498 tasi (- 66) bevosita joyiga chiqilib, hal qilindi.
Vazirlik  “Ishonch  telefoni”  orqali  2022-yilda  34  ta,  2023-yilda 92 ta (+58) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik va tuman (shahar) adliya bo’limlarining shaxsiy va sayyor qabullarida 2022-yilda 3453 ta, 2023-yilda 3933 ta (+480) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.

Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2022-yilda 2018 ta arizalar, 3836 ta shikoyatlar
va 3 takliflar, 2023-yil davomida 2886 ta arizalar (+868), 3170 ta (- 666) shikoyatlar va 3 ta takliflar kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda 2022-yilda  mehnat nizolari (2345 ta), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (288 ta), yerga doir (53 ta), uy-joy (60 ta), ta’limga doir (43 ta) masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa, 2023-yil davomida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari
(1094 ta, -1251), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (328 ta, +40), yerga doir
(50 ta, -3), uy-joy (163 ta, +103), ta’limga doir (94 ta, +51) tashkil etmoqda.
2023-yil davomida 2022-yilga nisbatan qo‘yidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2022-yilda 262 ta taqdimnomalar, 2293 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 9 540 504 450 so‘m kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 108 ta takliflar (shundan 35 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 8 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2023-yil davomida 422 ta (+160) taqdimnomalar, 1104 ta (-1189) da’vo
arizalari, da’vo summasi 6 980 888 380 so‘m (-2 559 616 070) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 155 ta (+47) ma’muriy takliflar (shundan     86 tasi (+51) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan  52 ta (+44) jinoiy takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2022-yilda 71 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
3 ta shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 103 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 28 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan)
hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 10 766 652 330 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
2023-yil davomida 98 ta (+15) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 3 ta shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 144 ta (+26) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 382 ta (+217) hujjatlar bekor qilingan
(ijrosi  to‘xtatilgan)  hamda  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  foydasiga 6 806 723 836 so‘m (- 4 335 994,119 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.

Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2022-yilda eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (449), Chimboy (443), Amudaryo (318 ta), Xo’jayli (302 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil etgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Mo’ynoq (150 ta), Bo’zatov (110 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.
2023-yil davomida eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (493 ta), Chimboy (397 ta), Amudaryo (372 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Ellikqal’a (134 ta), Kegeyli (141 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2023-yilda kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Mo’ynoq (86,5%) tumani, Nukus shahri (85%), Qo’ng’irot tumani adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Kegeyli (48,9%), Xo’jayli (54,5%) tumanlarida kuzatildi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.