Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023-yillarning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023-yillarning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil 9 oyida 4614 ta, 2023-yil 9 oyida 4887 ta (+273), murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 5,6 % oshgan.
2022-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 3054 tasi qanoatlantirilgan, 1093 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan,
32 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan,
7 ta murojaatlar rad etilgan, 254 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
2023-yilning 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 3021 tasi (-33) qanoatlantirilgan, 1399 ta (+306) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 66 ta (+34) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 ta (-5) murojaatlar rad etilgan, 294 ta (+40) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 838 ta (2022-yil 9 oyida 481 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan. Shundan, 459 tasi qanoatlantirildi, 327 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 27 tasi ko‘rmasdan qoldirildi.

Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2022-yil 9 oy va 2023-yil 9 oy)
Jami kelib tushgan murojaatlar soni    Qanoatlantirilgan murojaatlar soni    Tushuntirish berilgan soni    Ko‘rmasdan qoldirilgan
2022-yil 3- chorak    2023-yil 3-chorak    2022-yil 3-chorak    2023-yil 3-chorak    2022-yil
3-chorak    2023-yil 3-chorak    2022-yil 3-chorak    2023-yil 3-chorak
481    838    114    459    339    327    -    27
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli o‘rganib chiqish choralari ko‘rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida, murojaatlarni joyiga chiqqan holda, ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Xususan, 2022-yil 9 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 455 tasi, 2023-yil 9 oyi davomida 443 tasi (-12) bevosita joyiga chiqilib, hal qilindi.
Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2022-yil 9 oyida 31 ta, 2023-yil
9 oyida 64 ta (+33) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik va tuman (shahar) adliya bo’limlarining shaxsiy va sayyor qabullarida 2022-yil 9 oyida 2907 ta, 2023-yil 9 oyida 3284 ta (+377) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2022-yil 9 oyida 1382 ta arizalar, 3230 ta shikoyatlar va 2 takliflar, 2023-yil 9 oyida 2258 ta arizalar (+876), 2627 ta
(-603) shikoyatlar va 3 ta takliflar (+1) kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda
2022-yil 9 oyida mehnat nizolari (2100 ta), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq
(247 ta), yerga doir (47 ta), uy-joy (53 ta), ta’limga doir (38 ta) masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa, 2023-yil 3-choragida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari (949 ta, -1151), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (292 ta, +45), yerga doir (39 ta, -8), uy-joy (144 ta, +91), ta’limga doir (76 ta, +38) tashkil etmoqda.
2023-yil 9 oyida 2022-yilning oyiga nisbatan qo‘yidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2022-yil 9 oyida 217 ta taqdimnomalar, 1952 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 6 816 397 440  so‘m kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 94 ta takliflar (shundan 29 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 5 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2023-yil 9 oyida 265 ta (+48) taqdimnomalar, 953 ta (-999) da’vo arizalari, da’vo summasi 4 734 131 906 so‘m (-2 082 265 534) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 116 ta (+22) ma’muriy takliflar (shundan 49 tasi (+20) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan
9 ta jinoiy takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2022-yil 9 oyida 58 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
2 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 75 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 21 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 8 739 538 152 so‘m
pul mablag‘lari undirilgan.
2023-yil 9 oyida 73 ta (+15) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
3 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 101 ta (+26) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 238 ta (+217) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga
4 403 544 033 so‘m (-4 335 994,119 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.
Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2022-yil 9-oyida
eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (411), Chimboy (346), Amudaryo (251 ta), Xo’jayli (253 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil etgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Mo’ynoq (100 ta), Bo’zatov (88 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.
2023-yil 9 oyida eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (428 ta), Chimboy (367 ta), Amudaryo (336 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Ellikqal’a (98 ta), Kegeyli (115 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2023-yil 9 oyida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Bo’zatov (93%), Mo’ynoq (86%) tumanlari, Nukus shahri (86%) adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Kegeyli (42%), Xo’jayli (55%) tumanlarida kuzatildi.

Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi
jadval shaklida taqdim qilinmoqda.