Янгиликлар
03
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023-yillarning I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023-yillarning I yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022-yil I yarim yilligi davomida 3466 ta, 2023-yilda
3676 ta (+210), murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 5,7 % oshgan.
2022-yilning I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 2456 tasi qanoatlantirilgan, 656 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 17 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 ta murojaatlar rad etilgan, 147 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davri oxiridagi qoldiq
180 tani tashkil qiladi.
2023-yilning I yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarning 2149 tasi
(-307) qanoatlantirilgan, 1099 ta (+443) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 54 ta (+37) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 ta (-3) murojaatlar rad etilgan, 193 ta (+46) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davri oxiridagi qoldiq 139 tani (-41) tashkil qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2023-yil I yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 644 ta
(2022-yil I yarim yilligida 294 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
kelib tushgan. Shundan, 212 tasi qanoatlantirildi, 307 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 23 tasi ko‘rmasdan qoldirildi (ilova jadval shaklida).
Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2022-2023-yillar I yarim yilligi)
Jami kelib tushgan murojaatlar soni Qanoatlantirilgan murojaatlar soni Tushuntirish berilgan soni Ko‘rmasdan qoldirilgan
2022-yil
I yarim yillik 2023-yil I yarim yillik 2022-yil
I yarim yillik 2023-yil I yarim yillik 2022-yil
I yarim yillik 2023-yil I yarim yillik 2022-yil I yarim yillik 2023-yil I yarim yillik
294 644 92 212 186 307 - 23
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli o‘rganib chiqish choralari ko‘rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida, murojaatlarni joyiga chiqqan holda, ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Xususan, 2022-yil I yarim yilligi davomida kelib tushgan murojaatlarning
415 tasi, 2023-yil I yarim yilligida 328 tasi (-87) bevosita joyiga chiqilib,
hal qilindi.
Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2022-yil I yarim yilligiida 18 ta, 2023-yil
I yarim yilligida 39 ta (+21) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik rahbariyatining shaxsiy va sayyor qabullarida 2022-yil
I yarim yilligida 2273 ta, 2023-yil I yarim yilligiida 2532 ta (+259) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2022-yil I yarim yilligida
830 ta arizalar, 2632 ta shikoyatlar va 1 takliflar, 2023-yil I yarim yilligida
1781 ta arizalar (+951), 1892 ta (-740) shikoyatlar va 2 ta takliflar (+1) kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda
2022-yil I yarim yilligida mehnat nizolari (1893 ta), ijtimoiy himoya
bilan bog‘liq (210 ta), yerga doir (41 ta), uy-joy (22 ta), ta’limga doir (20 ta) masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa, 2023-yil I yarim yilligida
ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari (673 ta, -1220), ijtimoiy himoya
bilan bog‘liq (218 ta, +10), yerga doir (34 ta, -7), uy-joy (92 ta), ta’limga doir
(53 ta, +33) tashkil etmoqda.
2023-yil 1-yarim yilligida 2022-yilning 1-yarim yilligiga nisbatan quyidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.
Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2022-yil 1-yarim yilligida 1277 ta taqdimnomalar, 2264 ta da’vo arizalari (da’vo summasi 2 682 519,915 so‘m) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 403 ta takliflar (shundan 126 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 7 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2023-yil 1-yarim yilligida 485 ta (-792) taqdimnomalar, 1154 ta (-1110) da’vo arizalari (da’vo summasi 13 839 932,640 so‘m (+11 157 412,725 so‘m) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 283 ta (-120) ma’muriy takliflar (shundan 235 tasi (+109) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan
12 ta jinoiy takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda, 2022-yil 1-yarim yilligi davomida 742 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 8 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 320 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 403 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 2 682 519,915 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
2023-yil 1-yarim yilligida 293 ta (-449) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 6 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 392 ta (+72) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2382 ta (+1979) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga
6 775 725,521 so‘m (+4 093 205,606 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.
Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2022-yil
1-yarim yilligida eng ko‘p murojaatlar Nukus shahri (358), Chimboy (248), Amudaryo (200 ta), To’rtkul (199 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil etgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Qonliko‘l (56 ta), Bo’zatov (73 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.
2023-yil 1-yarim yilligida eng ko‘p murojaatlar Xo’jayli (316 ta), Nukus shahri (309 ta), Amudaryo (273 ta), Chimboy (316 ta) va To’rtkul (171 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Bo’zatov (91 ta), Taxiatosh (97 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2023-yil 1-yarim yilligida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Chimboy (209 ta), Amudaryo (193 ta), Shumanoy (133 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Ellikqal’a (43 ta), Kegeyli (31 ta), Taxtako‘pir (77 ta), Nukus (77 ta) tumanlarida kuzatildi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.