Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023 yillarning I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligiga 2022-2023 yillarning I-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning TAHLILI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2022 yil 1-choragida 1344 ta, 2023 yilda 1886 ta (+542), jami 3230 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 17% oshgan.
2022 yilning
I-choragida kelib tushgan murojaatlarning 861 tasi qanoatlantirilgan, 232 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 5 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 5 ta murojaatlar rad etilgan, 57 ta murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davri oxiridagi qoldiq 158 tani tashkil qiladi.
2023 yilning I-choragida kelib tushgan murojaatlarning 1054 tasi (+193) qanoatlantirilgan, 559 ta (+327) murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan,
9 ta (+4) murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan, 2 ta (-3) murojaatlar rad etilgan,
104 ta (+47) murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, hisobot davri oxiridagi qoldiq 137 tani (-21) tashkil qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga  2023-yil  1-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 191 ta
(2022-yil 1-choragida 38 ta) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
kelib tushgan. Shundan, 83 tasi qanoatlantirildi, 102 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirildi (ilova jadval shaklida).

Ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan taqqoslama ma’lumot
(2022-yil 1-chorak va 2023-yil 1-chorak)

Jami kelib tushgan murojaatlar soni    Qanoatlantirilgan murojaatlar soni    Tushuntirish berilgan soni    Ko‘rmasdan qoldirilgan
2022-yil 1- chorak    2023-yil 1-chorak    2022-yil 1-chorak    2023-yil 1-chorak    2022-yil 1-chorak    2023-yil 1-chorak    2022-yil 1-chorak    2023-yil 1-chorak
54    191    10    83    28    102    -    6
Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga jiddiy e’tibor qaratilib, ularni o‘z vaqtida va sifatli o‘rganib chiqish choralari ko‘rilib, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida murojaatlarni joyiga chiqqan holda, ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.
Xususan, 2022 yil 1-choragi davomida kelib tushgan murojaatlarning
174 tasi, 2023 yil 1-choragida 177 tasi (+3) bevosita joyiga chiqilib,
hal qilindi.
Vazirlik “Ishonch telefoni” orqali 2022 yil 1-choragida 8 ta, 2023 yil
1-choragida 27 ta (+19) murojaatlar kelib tushgan.
Vazirlik rahbariyatining shaxsiy va sayyor qabullarida 2022 yil
1-choragida 789 ta, 2023 yil 1-choragida 1391 ta (+602) jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilingan.
Murojaatlarni turlari kesimida tahlil qilinganda 2022 yil 1-choragida
320 ta arizalar, 1024 ta shikoyatlar va 1 takliflar, 2023 yil 1-choragida
853 ta arizalar (+533), 1033 ta (+9) shikoyatlar va 2 ta takliflar (+1) kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda
2022 yil 1-choragida mehnat nizolari (623 ta), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (146 ta), yerga doir (27 ta), uy-joy (14 ta), ta’limga doir (15 ta) masalalarda murojaatlar oshgan bo‘lsa,

2023 yil 1-choragida ushbu ko‘rsatkichlar mehnat nizolari (346 ta, -277), ijtimoiy himoya bilan bog‘liq (126 ta, -20), yerga doir (25 ta, -2),
uy-joy (14 ta), ta’limga doir (24 ta, +9) tashkil etmoqda.

2023-yil I-choragida 2022-yilning I-choragiga nisbatan qo‘yidagi sohalar bo‘yicha murojaatlar soni oshganligini ko‘rsatmoqda.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari tahlil qilinganda 2022 yil 1-choragida 61 ta taqdimnomalar, 674 ta da’vo arizalari, da’vo summasi 2 547 993,987 so‘m kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 47 ta takliflar (shundan 7 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan 3 ta takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.
2023 yil 1-choragida davomida 59 ta (-2) taqdimnomalar, 433 ta
(-241) da’vo arizalari, da’vo summasi 1 884 822,525 so‘m (-663171,46 so‘m) kiritilgan.
Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 26 ta (-21) ma’muriy takliflar (shundan 5 tasi (-2) to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilib, kiritilgan ma’muriy bayonnomalar) va jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan
3 ta jinoiy takliflar tegishli davlat organlariga kiritilgan.

Murojaatlar yuzasidan qo‘llanilgan ta’sir choralari natijalari tahlil qilinganda 2022 yil 1-choragida 16 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, 1 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 30 ta shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 5 ta hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan)
hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 2 767 552,13 so‘m pul mablag‘lari undirilgan.
2023 yil 1-choragida 8 ta (-8) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan,
1 ta shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 24 ta (-6) shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 31 ta (+26) hujjatlar bekor qilingan (ijrosi to‘xtatilgan) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning foydasiga 1 586 705,569 so‘m (-1 180 846,56 so‘m) pul mablag‘lari undirilgan.

Murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda, 2022 yil
1-choragida eng ko‘p murojaatlar Chimboy (114), Taxtako‘pir (100 ta), Taxiatosh (84 ta) tumanlari adliya bo‘limlarida tashkil etgan bo‘lsa,
eng kam murojaatlar Qonliko‘l (21 ta), Ellikqal’a (32 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelgan.
2023 yil 1-choragida eng ko‘p murojaatlar Chimboy (204 ta), Amudaryo (136 ta), Shumanoy (115 ta) va Qonliko‘l (111 ta) tumanlari
adliya bo‘limlarida tashkil qilgan bo‘lsa, eng kam murojaatlar Ellikqal’a (26 ta), Taxtako‘pir (51 ta), Taxiatosh (53 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga to‘g‘ri kelmoqda.
2023-yil 1-choragida kelib tushgan murojaatlarni qanoatlandirish darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda, yuqori ko‘rsatkichlar Shumanoy (61 ta), Chimboy (56 ta), Qonliko‘l (55 ta) tumanlari adliya bo‘limlariga, eng past ko‘rsatkichlar esa, Kegeyli (10 ta), Taxiatosh (37 ta), Taxtako‘pir (27 ta), Ellikqal’a (9 ta) tumanlarida kuzatildi.

Murojaatlarning hududlar kesimidagi qiyosiy tahlili dinamikasi jadval shaklida taqdim qilinmoqda.