Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilikdagi yangiliklar


Qonunchilikdagi  yangiliklar

    Prezidentimiz tomonidan  2024 yil 7-oktyabrda “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’RQ-972-sonli  qonuni imzolandi.
    Unga ko’ra endilikda sog’likning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo’lmagan muddatga yo’qolishiga olib kelmagan yengil shikast yetkazish jinoyat hisoblanmaydi.  
    Qonunning imzolanishi o’z navbatida jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlik asoslarining engillashishiga olib keladi.
    Shu bilan birga 2024 yil 5-oktyabr kuni Prezidentimiz tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Jinoyat, jinoyat protsessual kodekslariga hamda O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’grisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ularning anologlarining yoki psixatrop moddalarining, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarining qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimchlar  kiritish to’gtisida”gi O’RQ-971-sonli qonuni imzolandi.
    Bunda giyohvandlik vositalarining internet tormoqlari va ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy tarqatish, reklama qilish va shunga oqshash harakatlarni amalga oshirganlik uchun  va voyaga yetmagan yoshlarni giyohvandlik vositalarini istemol qilishga, bu vositalarini voyaga yetmagan bolalar yordamida tarqatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.
    Bu qonunning imzolanishi giyohvandlik moddalarining   yoshlar orasida kengnan tarqalishini oldina olishga qaratilgan eng yaqshi o’zgarishlardi biri boldi. Yana shuni aytish kerakki bu qonunning qabul qilinishi o’z navbatida  giyohvandlik vositalarining, ularning anologlarining yoki psixatrop moddalarining, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarining ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalishini oldini olishga yordam beradi.

Beruniy tumani adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi
bosh yuristkonsulti Omirbekov.N