Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ishga qabul qilish tartibi


Ishga qabul qilish ta’rtibi

    Davlatimizda har bir fuqoraning ishga joylashish huquqi qonun bilan kafolatlangan bolip, avvalo O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 30-apreldagi yangi Konstitutsiyamizning 42-moddasiga belgilangan bolip unga ko’ra “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega” ekanligi korsatilgan, shu bilan birga Mehnat kodeksining 94-moddasiga ko’ra Har kimga o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha mutlaq huquq tegishliligi korsatilgan.
    2022 yil 10-oktyabrda qabul qilingan Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi bilan Xodim va ish beruvchi o’rtasidag’i munosabatlarni tartibga solishda ijobiy natijalarga erishildi. Bunda xodimni ishga olish vaqtida ish beruvchi bo’lgan davlat tashkilotlari tanlovlarning odilona bolishi uchun suhvat jarayonlarini turli xil platformalardi online translyatsiya qilish yolga qoyilmoqda, bu o’z navbatida ishga qabul qilish jaroyonida korrupsiyaning keskin pasayishiga olib keldi.
    Shu bilan birga ishga qabul qilish tartibidagi ozgarishlardan bir bu xodimni ishga qabul qilish chog’ida uning oila azolarinin qilgan qilmishlari uchun xodimning javob bermasligi qonun bilan mustahkamlanip qoyildi. Oldigi davrlarda oila azolarning qilmishlari uchun bilimli, dunyo qarashi keng bolgan yoshlarning davlat organlariga ishga kirolmay yurganligi bu achinarli holat edi. Bu islohotlarning amalga oshirilishi, ihtidorli, bilimli kadrlarning ishga qabul qilishda yetuk kardlarning sonining kopayishiga olib keldi.
    
Beruniy tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmar ko’rsatish markazi boshlig’i
Kamalova.M