Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Konstitutsiya va qonunlarda bolalar huquqlarining kafolatlari


Konstitutsiya va qonunlarda bolalar huquqlarining kafolatlari

Taʼkidlash joyizki, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimizda jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylandi.
Barkamol avlodning taʼlim-tarbiyasi, yoshlar huquqlariga oid normalar eng avvalo bosh qomusimiz hisoblangan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʼz aksini topdi desak, aslo xato boʼlmaydi.
Jumladan, Konstitutsiyaning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanganligi, maktab ishlari davlat nazoratida ekani, 45-moddasida voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasida ekani, 63-moddasida oila jamiyat va davlat muhofazasida boʼlish huquqiga ega ekani, 65-moddasida onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilangan.
Konstitutsiyamiz asosida qabul qilingan qonunlar, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual hamda Oila kodekslarining hayotga joriy etilishi oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish va takomillashtirish yoʼlida yana bir muhim qadam boʼldi.
Mazkur kodekslar, ayniqsa Oʼzbekiston Respublikasi Oila kodeksi xalqaro va umummilliy qadriyatlarni oʼzida mujassamlashtirgan huquqiy manba boʼlib, unda oilaviy munosabatlarda, bola tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida gʼamxoʼrlik qilish, shaxsiy va mulkiy huquqlarda er-xotin huquqlarining tengligi, onalik va bolalikning muhofaza qilinishi, voyaga yetmagan bolalar taʼminoti, oilaviy muhitdan mahrum boʼlgan bolalar huquqlarini muhofazalash, bolalarni farzandlikka olish, muruvvatga muhtoj bolalarga yashash, tarbiyalanish va taʼlim olish uchun sharoitlar yaratish, oʼz fikrini erkin ifoda etish hamda huquqlarini mustaqil ravishda himoyalash masalalariga alohida ahamiyat berilgan.
Oʼzbekiston mustaqillik yillarida inson huquqlari boʼyicha 70 dan ortiq xalqaro hujjatga qoʼshilgan holda BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan 6 ta xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi.
Respublikamiz birinchi boʼlib Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi “Bola huquqlari toʼgʼrisidagi konventsiyaga qoʼshilish haqida”gi Qaroriga muvofiq ushbu Konventsiyani ratifikatsiya qilib, keyinchalik,
Bundan tashqari, 2008 yil 7 yanvarda inson huquqlarini kafolatlash boʼyicha qonunlarning uzviy davomi sifatida “Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunga asosan bola huquqlarini himoya qilish boʼyicha davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari sifati bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, bolaning hayoti va sogʼligʼini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yoʼl qoʼymaslik, bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash,shuningdek bolalarning ijtimoiy koʼnikmasiga, voyaga yetmaganlar oʼrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga koʼmaklashishdan iboratligi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi 352-sonli qonuniga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga oʼzgartirishlar kiritilib, farzandlikka olish tuman shahar hokimining qaroriga asosan emas, balki fuqarolik ishlari boʼyicha tuman, tumanlararo yoki shahar sudlarining hal qiluv qarorlariga asosan rasmiylashtirilishi belgilandi.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, barcha mutasaddi tashkilotlar bolalar kelajagi uchun masʼul shaxslar oʼziga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarishi, fuqarolarimizda, ayniqsa yoshlarimizni oʼzini hurmat qilish barobarida boshqa shaxslarning qonuniy huquq va erkinliklariga, qonunlarimizga hurmat nazari bilan qarash, oʼz manfaatlarini amalga oshirishda boshqalarning manfaatlariga ziyon yetkazmaslik ruhida tarbiyalashimiz, huquqiy ong va madaniyatni oshirilishiga erishishimiz yoʼlida hamkorlikni yaxshi yoʼlga qoʼyishimiz darkor. Buni davr, milliy qadriyatlarimiz va qonunchiligimiz taqozo etmoqda.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov