Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Xodimga kompensatsiya pullari toʼlab berildi


Xodimga kompensatsiya pullari toʼlab berildi

Fuqaro X.B. Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimiga murojaat qilib, Respublika oʼlat profilaktika markazi Qoraqalpogʼiston filiali Toʼrtkoʼl boʼlimi tomonidan 2019-2022-yillardagi mehnat taʼtillari notoʼgʼri hisob-kitob qilinganligi sababli, mehnat taʼtili kunlari va pullarini qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam soʼragan.
Mazkur murojaatni oʼrganish davomida, fuqaro X.B. boʼlim boshligʼining 2010-yil 2 yanvar kungi 5-sonli buyrugʼi bilan boʼlimga dizinfektor vazifasiga ishga qabul qilinganligi, shuningdek 2022-yil 15 fevral kuni oʼz arizasiga asosan ishdan boʼshaganligi va 2019-2022-yillar davomida asosiy mehnat taʼtiliga qoʼshilishi lozim boʼlgan qoʼshimcha taʼtil kunlari qoʼshib hisoblanmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 219-moddasida “har yilgi qoʼshimcha taʼtillar qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda beriladi”, deb belgilangan boʼlsa, kodeksning 222-moddasi birinchi qismida “har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʼshimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʼshib jamlanadi”, deb belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya boʼlimi tomonidan fuqaro X.B.ga 2019-2022-yillardagi mehnat taʼtili kunlariga qoʼshimcha taʼtil kunlarini qoʼshib qayta hisoblab, foydalanilmay qolgan qoʼshimcha mehnat taʼtili kunlari uchun pulli kompensatsiya toʼlab berish yuzasidan boʼlim boshligʼi nomiga taqdimnoma kiritilib, fuqaro X.B.ga toʼlab berilmagan qoʼshimcha taʼtillari uchun kompensatsiya pullari toʼlanishi taʼminlandi.

Bekpulat Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi