Янгиликлар
07
Yuridik xizmat koʼrsatish Markazi ish faoliyati toʼgʼrisida
Yuridik xizmat koʼrsatish Markazi ish faoliyati toʼgʼrisida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2021- yil 29- iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida”gi Nizomi tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, 2021- yil 1- oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida, yuridik xizmat koʼrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Bundan tashqari,Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kuni Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorning 2-bandiga koʼra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab Markaz tomonidan qoʼshimcha ravishda tumandagi 10 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Аyni kunda, Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari,tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash,shuningdek nizolar yuzasidan sudlar ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda.
Joriy yil 9 oy davomida Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 43 297 yuridik tusga ega hujjat loyihalari ekspertizadan oʼtkazildi.Shulardan 30 920tasi buyruqlarni va 12 377tasi esa shartnomalarni tashkil etadi.
Markaz tomonidan huquqiy ekspertizadan oʼtkazilgan 43 297ta hujjat loyihalarining 42 471 tasiga ijobiy xulosa berilgan boʼlsa, 37 ta hujjat loyihalari qonunchilik talablariga zid ishlab chiqilganligi sababli salbiy xulosalar berilgan.
Shuningdek, 729 ta hujjat loyihalari qonunchilikka nomuvofiq ishlab chiqarilganligi sababli, rad etilib,ishlab chiqaruvchilarga qayta ishlovga qaytarilgan.
Hisobot davrida yuridik xiizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini koʼzlab shartnomaviy munosabatlarda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga 7 ta talabnoma kiritilgan va iqtisodiy sudlarga tashkilot qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 5 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari,yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish boʼyicha 1012 ta tizim orqali targʼibot tadbirlari oʼtkazildi,shundan 159 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan.
Xulosa qilib aytganda, Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari,tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash boravarida, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼrtasida shartnomaviy munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nizolar yuzasidan sudlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʼyicha sifatli va malakali yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshligʼi
B.Аvazmetov