Янгиликлар
04
Konstitutsiyaning inson va jamiyat hayotidagi oʼrni
Konstitutsiyaning inson va jamiyat hayotidagi oʼrni
Аsosiy qonunining jamiyatimiz hayotida tutgan oʼrni va ahamiyati nihoyatda ulkan boʼlib,mamlakat ijtimoiy taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblanadi.
Soʼnnggi, yillar davomida keng koʼlamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning hayotga tadbiq etilishi natijasida qoʼlga kiritilgan muvaffaqiyatlar, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik haqidagi atroflicha maʼlumotlar ham tadbir qatnashchilarining eʼtiboriga havola qilindi.
Qayd etilganidek, Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan, unda jamiyatda tinchlik va hamjihatlik barqarorligi uchun mustahkam zamin mavjuddir.
Eʼtiborga molik tomonlardan biri, yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʼoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʼlidagi ulkan qadamdir.
Konstitutsiyada Oʼzbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʼyildi.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qatʼiy talab sifatida belgildi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini koʼzlab faoliyat koʼrsatishiga asos boʼladi.
Binobarin, qonunlardagi ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga hal boʼlishi shart va zarur. Bunga koʼra, inson va davlat oʼrtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar, turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi.
Konstitutsiyada kambagʼallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, ishsizlikdan himoya qilish boʼyicha normalar belgilandi.
Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli boʼlish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning oʼz boshpanasiga ega boʼlishini taʼminlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʼrgan zararlarning oʼrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi taʼminlanishi kafolatlandi.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqdi. Xususan, Oʼzbekistonda oʼlim jazosi taqiqlandi. Oʼlim jazosini taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi. Yaʼni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bogʼliq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yoʼl qoʼymaslikka qaratilgan. Bu orqali xalqaro eʼtirof etilgan «Xabeas korpus» institutini qoʼllanish koʼlami yanada kengaydi.
Shaxsni ushlash chogʼida unga tushunarli tilьda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga oʼziga qarshi koʼrsatma bermaslik (xalqaro eʼtirof etilgan «Miranda qoidasi»), sukut saqlash huquqi berildi.
Xulosa oʼrnida aytganda, Аsosiy qonunimiz tom maʼnoda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish hamda “kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga tadbiq etishda, mustahkam huquqiy asos sifatida xizmat qilishi,shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov