Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Bolalarning bilim olish huquqi kafolatlanadi


                                 Bolalarning bilim olish huquqi kafolatlanadi

           O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb ko’rsatilgan.
           Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim sohasida 11 yillik ta’lim tizimi joriy etildi. Kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlari ishlab chiqilayotir. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ta’limda davlat sektori bilan bir qatorda xususiy sektorning rivojlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilayotganligi yosh avlodning puxta va sifatli bilim olishi yo‘lidagi eng to‘g‘ri qaror bo‘lgani alohida ta’kidlandi.
            Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning ta’lim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada kengaytiradi. Zero, Bosh qomusimizda har kimning bilim olish huquqiga ega ekanligi, bepul umumiy ta’lim olishi davlat tomonidan kafolatlangani belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, yoshlarning ta’lim olish kafolatlari Oila kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarda ham mustahkamlab qo‘yilgan.              
            O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi, 139-son qonuning 23-moddasida  Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari  Har bir bola bilim olish huquqiga ega. Davlat bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishini kafolatlaydi.
            Bu haqda so'z borganda, 2020 yil 23 sentyabr` kuni "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi tahriri qabul qilinganini ta'kidlash lozim. Yangi qonun O'zbekistonda ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, bolalarning ta'lim olish huquqlarini mustahkamlash hamda xalqaro standartlar asosida ta'lim xizmatlarini tashkil etish maqsadlariga xizmat qiladi.
          Keyingi yillarda ta'lim va tarbiya sohasida keng ko'lamli tub o'zgarishlar yuz bermoqda. Xususan, 2025 yilga borib 3-7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi hayotga joriy etilmoqda. Yurtimizda 11 yillik maktab ta'limi tizimi qayta tiklandi.
2020 yil sentyabr` oyidan boshlab o'quvchilarning xohish- istaklaridan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim va kasb-hunar maktablarida ta'lim jarayoni onlayn va an'anaviy tarzda amalga oshirilmoqda.

    
Xo’jayli  tumani  Yuridik xizmat
  ko’rastish markazi bosh yuriskonsulti:                                                               U.D.Yerejepova