Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

XAVFSIZ, TARTIBLI VA QONUNIY MEHNAT MIGRATSIYASI


XAVFSIZ, TARTIBLI VA QONUNIY MEHNAT MIGRATSIYASI

Mamlakatimizda so’nggi yillar davomida xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan o‘zgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilindi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash, ularning oila a’zolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy qilindi.
Shu bilan birga, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning reyintegratsiyasini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uning “Yo‘l xaritasi”da mehnat migratsiyasini tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish vazifasi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021-yil 4-iyun kuni “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi 187-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Konvensiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar o‘limining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini takomillashtirishdan iborat.
Bu borada Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 20-avgustda “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmon, 2020-yil 14-sentyabrda esa "Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilingan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 23-avgustda “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni tasdiqladi. Bu sohada boshqa yana bir qancha                        normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Ellikqal’a tumani
adliya bo’limi bosh maslahatchisi                N.Saparboyev