Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bolalar bog‘chalari direktorlari sertifikatlanadi?


Bolalar bog‘chalari direktorlari sertifikatlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi "Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslarida tayyorlash va tayinlash tizimini joriy etish hamda ularga sertifikat berish to‘g‘risida"gi VMQ-531-sonli qarori qabul qilindi.
  2025 yil 1 yanvardan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslariga qabul qilish va ularga elektron shaklda maxsus portal orqali sertifikat berish tizimi joriy etiladi.
  2025 yil 1 sentabrdan menejer sertifikatiga ega bo‘lgan tashkilot direktoriga sertifikatning amal qilish muddati davomida oylik ish haqiga 30% miqdorida qo‘shimcha oylik ustama to‘lanadi.
Bolalar bog‘chalari direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi viloyatlar va poytaxtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘linmalari tomonidan menejer sertifikatini olgan nomzodlar orasidan shakllantiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejment kurslarida tayyorlash va ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- menejment o‘quv kursini tashkil etish;
- kurslarni moliyalashtirish;
- nomzodlarga sertifikat berish uchun bitiruv imtihonlarini o‘tkazish;
- yakuniy imtihon natijalariga shikoyat qilish.

Malaka oshirish kurslari Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etiladi.
Nomzodlar maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadilar va o‘qish uchun ariza beradilar. Ularda kamida bakalavr darajasi bo‘lishi va tashkilot direktorlariga qo‘yiladigan malaka talablariga mos kelishi kerak.
Yakuniy testlar 25 ta savol, keyslar va amaliy topshiriqlardan iborat. Testlar uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun – 10, amaliy topshiriqlar uchun – 40 ball beriladi (jami 100 ball).
70 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat beriladi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 28.08.2024 yildan kuchga kirgan.


Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i