Янгиликлар
30
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi yangi bosqich
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi yangi bosqich
Prezident tomonidan 23.09.2024 yildagi «Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida»gi PF-143-sonli Farmon imzolandi.
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshiriladi. Dastur 2024 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi «Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat» tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanish, , qo‘shimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini kambag‘al oilalarga ijaraga berish;
- 2024-2025 yillarda kambag‘al oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, oilaning kamida bitta farzandini xorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaxassislikka o‘qitish, bitta farzandi, xususan, qiz farzandining oliy ma’lumotga ega bo‘lishi uchun sharoit yaratish, bolalarni kompyuter savodxonligiga o‘rgatish, IT-kurslarda o‘qishi uchun sharoit yaratish;
- kambag‘al oilalarning har bir a’zosi bir yilda bir marta to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, ularning o‘z sog‘lig‘i uchun mas’uliyatini oshirishi (kundalik turmush tarzi va ovqatlanishda zararli odatlardan voz kechishi), har bir farzandi sport to‘garaklariga qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish, oilaning tibbiy xizmatlarga o‘z hisobidan sarflaydigan xarajatlarini ikki barobar qisqartirish;
- ijtimoiy xizmatlardan foydalanish - o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarishlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
- yashash sharoitlarini yaxshilash - ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, mahallalarda ekologik toza materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy "yashil" turarjoylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish, toza ichimlik suvni yetkazish, xonadonlarda energiya tejovchi innovatsion yoritish, isitish va issiqsuv ta’minoti hamda chiqindilarni qayta ishlash tizimlarini joriy etish;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish - tomorqalarni sug‘orish suvi, mahallani elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz ta’minlash hamda uning tuman markazi bilan transport jihatidan bog‘langanligini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash;
- davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish.
Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i