Янгиликлар
30
KORXONADA ShTATLAR QISQARGANDA IShDA QOLISh UChUN KIMLAR IMTIYoZLI HUQUQQA EGA ?
KORXONADA ShTATLAR QISQARGANDA IShDA QOLISh UChUN KIMLAR IMTIYoZLI HUQUQQA EGA ?
Mehnat kodeksining 167-moddasiga asosan,
- korxonada xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
- qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga;
- oilasida undan bo‘lak mustaqil ish haqi oluvchi bo‘lmagan shaxslarga;
- mazkur korxonada ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga;
- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasiga ko‘ra tegishli mutaxassislik bo‘yicha o‘z malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan shaxslarga o‘qishni tamomlaganidan keyin mutaxassisligi bo‘yicha ishlash sharti bilan uch yil mobaynida;
- mazkur korxonada mehnatda mayib bo‘lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
- urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
- atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog‘liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo‘liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.
Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i