Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar uning mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin?


Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar uning mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin?

Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. Lekin, Mehnat kodeksining 269-moddasida xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar xam keltirilgan.
Bular quyidagilar:
1)  soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

2)  sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

3)  ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib, sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;

4)  hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda;

5)  xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;

6)  Hodimga intizomiy jazo sifatida qo‘llangan jarimani undirish uchun


Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i