Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi


Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024 yildagi 585-sonli qarori bilan hukumatning ba’zi qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu imkoniyati cheklangan odamlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek otorinolaringologiya sohasidagi fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanishi munosabati bilan amalga oshirildi.
Xususan, Prezidentning 27.02.2023 yildagi PQ-74-sonli qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilib, bolalikdan nogiron bo‘lgan shaxslarni parvarish qiluvchi shaxslarga (ota-onalar va boshqalarga) davlat statsionar tibbiyot muassasalarida davolanish davrida bepul ovqatlanish imkoniyati beriladi.
Shu bilan birga, Prezidentning 01.08.2023 yildagi PQ-255-sonli qaroriga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida "Yuqori nafas yo‘llari a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasi", "Eshitish va muvozanat a’zolarining fiziologiyasi va patologiyasi", "Foniatriya va ronxopatiya" ilmiy laboratoriyalari tashkil etilmoqda. Ularning moliyalashtirilishi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 26.05.2021 yildagi "Davlat ilmiy tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazish to‘g‘risida"gi VMQ-326-sonli qaroriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 20 sentabrdan kuchga kirgan.


Tajibaev Rustam Baxadirovich
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i