Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Hududiy prokuraturalarda Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi


Hududiy prokuraturalarda Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi

“Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-136-son, 11.09.2024 y.) qabul qilindi .Farmonga ko'ra:
Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas'ul bo'lgan Bosh prokuror o'rinbosari lavozimi kiritiladi;
Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etiladi;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat Kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida qonunchilik ustidan nazorat bo'linmalari tashkil etiladi.
Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror o'rinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
➖har haftada kamida bitta tuman(shahar)ga borib, kambag'al oilalarni reestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini o'rganish;
➖kambag'al oilalarga berilayotgan mablag'lar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish;
➖kambag'allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan mas'ullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta'minlash;
➖ijtimoiy himoya va kambag'allikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Prezidentning Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.

Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti:               J.Otemisova