Янгиликлар
30
Korrupsiyaga birgalikda kurashaylik
Korrupsiyaga birgalikda kurashaylik
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi tushuniladi.Korrupsiya atamasi ― buzish, tizimni izdan chiqarish, pora evaziga og‘dirish degan ma’noni anglatadigan lotincha ― “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan.Korrupsiya bir nechta turlari mavjud:
Maishiy korrupsiya – Asosan mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining kundalik ish faoliyatida fuqarolar bilan munosabatlarida keng tarqalgan.
Ishbilarmonlik korrupsiyasi – hokimiyat vakillarining tadbirkorlik sub’ektlari bilan munosabatlarida uchraydi.
Oliy hokimiyat organlari korrupsiyasi – siyosiy hukmron doiralar hamda odil sudlov tizimi faoliyatida uchraydi.
Korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar bu illat ustidan tashkiliy-boshqaruv va ijtimoiy nazorat yetarli emasligi hisoblanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
– rejalashtirishdagi kamchiliklar, shartnoma talablarini ishtirokchilar tomonidan buzilishi, xizmat faoliyatini tashkil etishdagi nuqsonlar (majburiyatlarni taqsimlash, vakolatni belgilash, ish xajmining ko‘pligi va h.k.);
– kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi kamchiliklar (bilimsiz va tajribasi yo‘q yoki ishonchsiz shaxslarni qarindosh urug‘chilik, tanish-bilishchilik asosida ishga qabul qilish va shunga o‘xshash holatlar);
– hisob-kitob va nazoratning sustligi;
– xo‘jasizlik va ortiqcha sarf-xarajatga yo‘l qo‘yib berish (energiya manbalaridan, moddiy va odam resurslaridan tejamkorliksiz foydalanish), tarbiyaviy ishlardagi nuqsonlar;
– huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatidagi mansabdor shaxslar, xizmatchilarning foydasi va sarf-harajatlari va ular tomonidan xizmat vazifalarini bajarishi ustidan nazoratni yo‘qligi, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga e’tiborsizlik.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korrupsiya jinoyatchiligiga qarshi kurashishda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek milliy qonunchiligimizda unga qarshi kurashish mexanizmlarini yanada kuchaytirish bu xavfli illatga qarshi yanada samarali kurashishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti: J.Otemisova