Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Qayta tiklanuvchi energiya mańbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer soliǵidan ozod etiladi


Qayta tiklanuvchi energiya mańbalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer soliǵidan ozod etiladi

Qonunchilikka ko'ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e'tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etilishi belgilangan:
-ushbu qurilmalar bo'yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo'yicha — foyda solig'ini;
-uy-joy fondining ko'chmas mulk ob'ektlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini.
Agar qurilmalar o'rnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo'lmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o'rnatilgan bo'lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qo'llaniladi.


Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti:               J.Otemisova