Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Avtokredit muddatidan oldin yopilganda(to'liq qaytarilganda) sug'urta pulini qaytarib olish mumkinmi?


Avtokredit muddatidan oldin yopilganda(to'liq qaytarilganda) sug'urta pulini qaytarib olish mumkinmi?

Avtokreditning zaruriy sharti – bu kredit hisobiga sotib olingan avtomobilni garov sifatida taqdim etishdir. Garov esa, albatta, sug'urtalangan bo'lishi kerak. Shuning uchun, agar kredit 4 yilga rasmiylashtirilsa, sug'urta kompaniyasi shartnomasiga muvofiq belgilangan miqdorni oldindan to'lashingiz kerak bo'ladi. Ko'p hollarda sug'urta miqdori kichik pul bo'lmaydi va qarz oluvchilar uchun ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Aytaylik, avtokredit bir yildan so'ng to'liq yopildi. Sug'urta uchun to'lov 4 yil uchun, masalan, 4 mln. so'm miqdorida amalga oshirilgan. Demak, muddatidan avval yopilgan kredit uchun taxminan 3 mln. so'm miqdorida sug'urta to'lovi qaytarilishi kerak. Kredit mablag'lari muddatidan oldin bankka qaytarilgandan so'ng, darhol sug'urta to'lovlarining bir qismini qonuniy ravishda qaytarishga harakat qilish mumkin. Buning uchun kreditni yopish jarayoni to'liq tugatilganidan so'ng darhol bank bilan maslahat qilish kerak. Bundan oldin shartnomani diqqat bilan o'rganib chiqish va sug'urtaga sarflangan pul miqdorini qaytarish imkoniyatini aniqlash kerak Agar sug'urta shartnomasida kredit muddatidan oldin to'langan taqdirda sug'urtani qaytarish to'g'risidagi band bo'lsa, hech qanday muammo bo'lmaydi - qarz oluvchiga kreditdan foydalanish muddatiga qarab sug'urta summasining bir qismi qaytariladi. Ammo, shartnomada pul qaytarilishi belgilanmagan bo'lsa, unda sug'urtaning foydalanilmagan qismini qaytarish imkoniyati bo'lmaydi.
Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga asosan sug'urta shartnomasi, agar u kuchga kirganidan keyin sug'urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo'qolgan va sug'urta xavfining mavjud bo'lishi sug'urta hodisasidan boshqa holatlar bo'yicha tugagan bo'lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo'ladi.
Bu shuni anglatadiki, sug'urta shartnomasi yuqoridagi ko'rsatilgan holatlar bo'yicha muddatidan oldin bekor bo'lganda, sug'urtalovchi sug'urta mukofotining bir qismini sug'urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega. Kredit so'ndirilgan bo'lsa, sug'urta shartnomasi ma'nosini yo'qotadi, chunki sug'urta hodisasi ro'y bersa u bo'yicha to'lov qilishning imkoni yo'q – bank va qarz oluvchi endi majburiyatlar bilan bog'langan emas.Shunday qilib, agar bank xizmatlari iste'molchisi o'z huquqlarini yaxshi bilsa, u sug'urta summasining bir qismini qaytarishi mumkin, chunki qonunda bankka pullarni muddatidan oldin qaytargan qarz oluvchilarning kredit olish bosqichida rasmiylashtirilgan sug'urtaning bir qismini qaytarib olish huquqi belgilangan.

Qonliko‘l tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti:               J.Otemisova