Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bola salomatligi qonun himoyasida


Bola salomatligi qonun himoyasida

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati  deb belgilangan.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 07.01.2008-yil O‘RQ-139 sonli O’zbekiston Respublikasi Qonunning 22-moddasida Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi kafolatlari haqida quyidagicha ko’rsatilgan.
- Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega.
- Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog‘lig‘ini saqlash sharoitlarini yaratadi.
- Davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.
- Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
- malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;
- bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;
- bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;
- talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;
- bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;
- kasbga yaroqlilikni aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy maslahat berish;
- sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish;
- sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.
- O‘n to‘rt yoshdan katta yoshdagi bola ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
- Bola bilan uning hayotiga, sog‘lig‘i va normal rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar o‘tkazish taqiqlanadi.
Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilaktika dasturlarini amalga oshirish orqali bolani alkogolga moyillikdan, chekishdan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa moddalarni iste’mol qilishdan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.

Taxiatosh tumani adliya
bo’limi Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi            Babanov.O