Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari haqida


Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari haqida

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati  deb belgilangan.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 07.01.2008-yil O‘RQ-139 sonli O’zbekiston Respublikasi Qonunning 7-moddasida Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari haqida quyidagicha ko’rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.
Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar teng hamda har taraflama himoyadan foydalanadi.
Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.
Bola huquqlari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.


Taxiatosh tumani adliya
bo’limi Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi            Babanov.O