Янгиликлар
30
Bola huquqlari qonun himoyasida
Bola huquqlari qonun himoyasida
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati deb belgilangan.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 07.01.2008-yil O‘RQ-139 sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasida bola (bolalar) — o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar) deb ko’rsatilgan.
Qonunning 5-moddasida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlari berilgan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z vazifalari doirasida quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
- bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
- bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
- bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etish;
- bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari hamda hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
- bola huquqlarini ta’minlash bo‘yicha davlat organlari, bolalar muassasalari, tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishga doir tadbirlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish;
- davlatga qarashli bolalar muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va nodavlat bolalar muassasalarini rivojlantirishga ko‘maklashish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- bola huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish hamda xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;
- axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal etish.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda bola huquqlari bo‘yicha vakolatli organ tashkil etilishi mumkin.
Taxiatosh tumani adliya
bo’limi Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi Babanov.O