Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Diniy estremizm va terrorizm


Diniy estremizm va terrorizm

      Ma'lumki, ekstremizm va terrorizm eng xatarli hamda oqibati eng xunuk jinoyat xisoblanib, butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi tahdiddir. Bu mudhish qilmishlar yovuz niyatli kimsalar tomonidan dunyoning xohlagan mintaqasi, mamlakati, hududida turib, turli shakl va usullarda amalga oshirilishi mumkin.
       Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlariga qarshi kurashish borasida targ'ibot va amaliy faoliyatning kuchaytirilayotganligi hamda unga  qarshi kurashish nafaqat  huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilikning birinchi darajali vazifasi sifatida tan olingan.
     O'zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurashish to'g'risida”gi  va “Ekstremizmga karshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi, Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.      Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta'minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
   terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar bo'lib hisoblanadi.
    Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo'rquv uyg'otishga qaratilgan siyosiy kurashning o'ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg'otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo'ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g'oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo'lmayotgan, demokratik institutlar faoliyat ko'rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo'rlik yo'li bilan hal qilishga intilishda ko'rinadi.
     Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo'lgan g'oyalarni aldov va zo'rlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
     Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog'liq bo'lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
      Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo'lishidir. Mutaassiblik muayyan g'oyalarning to'g'ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “o'zgalar” va “o'zgacha” qarash va g'oyalarga murosasiz munosabatda bo'lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo'ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo'nalishlar orasida keskin nizo va to'qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan.

        Nukus shahri adliya bo’limi
        Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
        bosh yuriskonsulti                                                         M.M.Xojaxmetova