Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar


Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.
Ta’kidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining o‘ziga xos modelini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarni rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayoni bugun ham davom etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi;
2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi;
1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi;
1999 yil 4 noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar.
O‘zbekiston yuqorida ta’kidlangan xalqaro normalardan 2008 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, shuningdek, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan
Qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
Farmon bilan, Agentlikka Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini ta’minlash, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish yuklatildi.
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan:
2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”) ni bosqichma-bosqich joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz elektron platformasini joriy etish;
korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minotni joriy etish.
Bundan tashqari, bugungi kunda ilg‘or xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish jarayonida qo‘llayotgan usullaridan biri bu davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari hamda katta hajmdagi harajatlarini deklaratsiya qilishning majburiy etib belgilanganligidir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mansabdor shaxslarning noqonuniy daromad olishni oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishdan iboratdir. Davlat xizmatida ushbu usul bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda.

Nukus shahar adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i                        T.Utemiratov