Янгиликлар
24
Konstitutsiyaning inson, jamiyat va mamlakat hayotidagi oʻrni
Konstitutsiyaning inson, jamiyat va mamlakat hayotidagi oʻrni
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, oʻz oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qoʻydi.
Bosh qomusimiz muqaddimasida inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqlik tantanali ravishda e’lon qilinib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyat anglangan holda, oʻzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon etilib, xalqaro huquqning umume’tirof qilingan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish koʻzlanib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Shu maqsadlarni koʻzlab qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bugungi kunda mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta'minlash, iqtisodiyotimiz rivoji va turmushimiz farovonligini yuksaltirishning asosiy huquqiy kafolati bo'lib kelmoqda.
Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, roʻy berayotgan barcha oʻzgarish va yangilanishlar asosi, milliy qonunchiligimiz poydevori bo'lgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon hamjamiyatida zamonaviy demokratik qonunchilik namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda davlatni jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini qonunlarga tayanib qurishga qattiq kirishilgan, desak xato boʻlmaydi. Fuqaro – jamiyat – davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimi Konstitutsiyadir.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma'naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo doʻstlik va totuvlikni asrash, Asosiy qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etishda barcha soha vakillari hamqadam boʻlishimiz kerak.
Yosh avlod qalbida ona Vatanga mehr va sadoqat tuyg'ularini joʻsh urdirish, Konstitutsiyamiz va boshqa qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash asosiy burchimizdir.
Xoʻjayli tumani adliya boʻlimining
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi G.Faxratdinova