Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Voyaga yetmaganlar huquqlari


Voyaga yetmaganlar huquqlari


Voyaga yetmaganlar — amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra, 18 yoshga yetmagan fuqarolar.
Voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasi - davlat burchi, fuqarolarning esa konstitutsiyaviy majburiyati hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar kabi voyaga yetmaganlarning bilim olish, mehnat qilish, dam olish, mulkdor boʻlish kabi huquqlari taʼminlangan (41-,42-,45-moddalar).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburiyligi.”  mustahkamlab qo‘yilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati belgilangan, ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va homiylari roziligisiz mustaqil ravishda:
1) oʻz ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki sanʼat asarining, ixtironing yoxud oʻz intellektual faoliyatining qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa natijasining muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qoʻyish va ularni tasarruf etish;
4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzishga haqpi ekanligi koʻrsatilgan, boshqa bitimlarni ular oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar.
Ular roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan 16 yoshga toʻlgan voyaga yetmaganlar muomalaga toʻla layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin (27-, 28-, 29-moddalar).
Voyaga yetmaganlar mehnatga oid munosabatlarda katta yoshdagi xodimlarga tenglashtiriladi, lekin mehnat muhofazasi, ish vaqgi, taʼtillar berish va boshqa mehnat shartlari boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksida 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar, ularning mehnatga oid huquqlari va hokazo belgilab berilgan (389-, 411-422 -moddalar).
Voyaga yetmaganlarning jinoiy ishlarini yuritishda maxsus qonun meʼyorlari orqali qoʻshimcha huquqlar kafolatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida tegishincha Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar tashkil etilgan.


Chimboy tumani adliya bo’limi
YUXKM boshlig’i:                    A.Reymov