Янгиликлар
24
Bir mutojaat izidan
Bir mutojaat izidan
Joriy yilning 6-sentabr kuni Amudaryo tumani MMTBga qarashli 51-maktabning ona (o‘zbek) tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo’lib ishlayotgan hamda 2024-yil 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi tomonidan berilgan umumta’lim fanini bilish to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo’lgan va ushbu sertifikat O‘zbekiston Respublikasi Xalq (maktabgacha va maktab) ta’limi vaziriligi, Moliya (iqtisodiyot va moliya) vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi Qo‘shma Qarori “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga ko’ra faoliyat yuritayotgan maktabda dars taqsimoti nizomga asosan taqsimlanmaganligi, dars taqsimoti jarayonida sertifikat ustunlikka ega yoki ega emasmi degan mazmundagi murojaat o’rganib chiqilib, quyidagilar aniqlandi.
O’rganish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq (maktabgacha va maktab) ta’limi vazirligi, Moliya (iqtisodiyot va moliya) vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi Qo‘shma Qarori “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 15-bandi:
1-xatboshida: Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15 sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rchatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
2-xatboshida: xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
3-xatboshida: O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
4-xatboshida: Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan sertifikatlar deb ko‘rsatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 4 apreldagi “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qo‘shma Qarorining 5-bobida umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati keltirilgan bo’lib ushbu ro’yxat xodimlarga ustama tayinlashdagi minimal va maksimal ballar belgilangan. Binobarin, ushbu normativ huquqiy hujjatda sertifikatga ega xodimlarning umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida dars taqsimotida ustunlikka ega yoki emasligi yuzasidan ko’rsatmalar mavjud emasligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq (maktabgacha va maktab) ta’limi vazirligi, Moliya (iqtisodiyot va moliya) vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi Qo‘shma Qarori “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 15-bandi 4-xatboshiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan sertifikatlar o‘qituvchilarga dars soatlari taqsimlashda ustuvor ekanligini ma’lum qilinib murojaatchiga tushuntirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligining Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti: A.Tojiboyev