Янгиликлар
24
Diniy ekstremizm va terorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid
Diniy ekstremizm va terorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid
Barchamizga maʼlumki, ertangi buyuk kelajakni, farovon hayotni barpo etishda, eng avvalo yoshlarimizni vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ustuvor ahamiyatga egadir. Ayniqsa, yoshlarimizni turli diniy oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridandir. Bugungi axborot-kommunikatsiya rivojlangan davrda diniy ekstremizm va terorizm kabi illat borki, bu illat insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi.
Diniy ekstremizm - bag`rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi. Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar.
Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. “Terrorizm” so‘zi birinchi marta 1793–1794-yillarda Fransiya inqilobi davrida iste’molga kiritilgan. O‘sha davrda bu so‘z ijobiy ma’noda qo‘llangan va hukmdorlar tomonidan xalqqa nisbatan zulm oshib ketganda unga qarshi kurash ifodasi sanalgan. Shunday bo’lsada ular xech qachon ijtimoiy barqarorlik va tarqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etib o’tish lozim. Zero hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda.
Shu o`rinda, O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 2021-moddasida O`zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Jinoyat Kodeksining 2161-moddasiga ko`ra, yuqoridagi qonunbuzarlik ma’muriy jazo qo`llanilgandan keyin sodir etilgan bo`lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishligini eslatib o`tish joiz.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo`shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo`lishidan qat’i nazar, eng asosiy vazifalaridan bo`lib qolmog`i lozim.
Beruniy tumani adliya bo`limi
Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qo`llash amaliyotini
o`rganish bo`linmasi bosh maslahatchisi,
3-darajali yurist Sh.Ismailov