Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tergov sudyasi faoliyati mustaqil u faqat qonunga bo’ysinadi.


                Tergov sudyasi faoliyati mustaqil u faqat qonunga bo’ysinadi.

Sud-tergov amaliyoti inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligi, shuningdek, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta’minlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligi inobatga olinib.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda ta’minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishish maqsadida.
“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-89-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi.
Ushbu Farmon bilan 2025-yil 1-yanvardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ular sudga qadar ish yurituv davrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish vakolati beriladi:
a) Sanksiyalar: qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnoma;
- qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik, iltimosnoma;
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnoma;
- telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;
- mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
b) Majburlov choralari: ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
- shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;
- ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
- ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma.

Ellikqal’a tumani YXKM bosh yuriskonsulti                          J.Begmetov.