Янгиликлар
23
Majburiy mehnat va unga qarshi kurshish huquqiy asoslari
Majburiy mehnat va unga qarshi kurshish huquqiy asoslari
Yangi Oʼzbekiston huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishni oʼz oldiga maqsad qilib, umumeʼtirof etilgan xalqaro hujjatlar normalarini tan olish va milliy qonunuchilikka singdirish,shuningdek adolat va milliy qadriyatlar ruhida qaror toptirishga harakat qilinmoqda
Oʼtgan davr mobaynida,mamlakatimizda majburiy mehnatni taqiqlovchi bir qator qonunlar va qonun osti hujjatlari qabul qilinib,sohaga oid mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʼrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi belgilangan boʼlib, majburiy mehnat, qonunda koʼrsatilgan hollardan tashqari taqiqlangani mustahkamlangan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 6-moddasida barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega boʼlish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga boʼlgan munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador boʼlmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yoʼl qoʼyilmasligi va bular kamsitish deb hisoblanishi belgilab qoʼyildi.
Shu bilan birga,Mehnat kodeksning 7-moddasida majburiy mehnat, yaʼni biron-bir jazoni qoʼllash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanishi belgilangan.Аyni kunda, Oʼzbekiston Xalqaro Mehnat tashkilotiga aʼzo boʼldi va ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konventsiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konventsiyalari ratifikatsiya qilindi.
Muhim jihatlardan biri, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2018 yildagi "Majburiy mehnatning har qanday koʼrishini va barcha shakllariga yoʼl qoʼymaslik hamda ularga barham berish boʼyicha davlat hokimiyati organlari hamda barcha boʼgʼin rahbarlarining masʼuliyatini oshirish toʼgʼrisida”gi PF-5563-son farmoni bilan – davlat hokimiti organlari rahbarlari oldiga majburiy mehnatga barham berish hamda unga yoʼl qoʼygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish masala muhokama qilindi. Xulosa oʼrnida aytganda,mamlakatimizda aholini majburiy mehnatga jalb qilish borasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʼyicha tizimli islohotlar amalga oshirilib, soha faoliyatini tartibga solishga qaratilgan institutsional mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan desak, aslo xato boʼlmaydi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov