Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Asossiz rad qilingan ariza ma’muriy javobgarlikka tortilishga asos bo’ladi


Asossiz rad qilingan ariza ma’muriy javobgarlikka tortilishiga asos bo’ladi

Fuqaro E.M. Beruniy tuman adliya bo'limiga murojaat qilib, davlat xizmatlari markazi orqali turar joyiga kadastr pasportini shakllantirish masalasida bergan arizasi asossiz rad etilganligidan noroziligini bildirgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 02 sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentining 23-bandida so'rovnomada noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilishi, ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo'lmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo'yicha ko'chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo'yilganligi kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo'lishi, kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko'rsatilmagan asoslar bo'yicha rad etish qat'iyan taqiqlanishi ko'rsatilgan.
Lekin, fuqaro E.M.ning tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi orqali turar joyiga kadastr pasportini shakllantirish masalasida 2024 yil yanvar oyida bergan ikkita arizasi kadastr organi tomonidan “arizachi bilan bog'lanish imkoni bolmaganligi” hamda “yer ajratish hujjatiga joylashish plani ilova qilinmaganligi” sabab qilinib, asossiz rad etilganligi oz tasdig'ini topgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik kodeksining 2155-moddasida davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlik belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan fuqaro E.M.ga yakka tartibdagi turar joyining kadastr pasporti berildi hamda kadastr organi rahbariga nisbatan ma'muriy chora qo'llanildi.


Beruniy tumani adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi direktori,
Sh.Qadirov