Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Bola huquqlari taʼminlanmoqda .


                              Bola huquqlari taʼminlanmoqda .
              2023 yil 11 aprel kuni qabul qilingan qonun keng jamoatchilikni uzoq muddat davomida orziqib kutgan voqeligi boʼldi.
           Oʼzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonuni bilan Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʼziga xos muhim oʼzgarishlar qabul qilindi.
             Xususan, kodeksga yangi modda, yaʼni 1261-modda kiritilib, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʼzgʼor asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega boʼlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, taʼlim olish, sogʼliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʼsqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek, ushbu shaxslar sogʼligʼining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʼrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʼyish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, shuningdek basharti boshqa jinoyat alomatlari mavjud boʼlmasa jinoiy javobgarlik belgilandi.
             Mazkur qilmish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʼttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yuz oltmish soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
              Shuningdek, Qonun bilan Oʼzbekiston Respublikasining Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisidagi va Vasiylik va homiylik toʼgʼrisidagi va boshqa qonun hujjatlariga xotin-qizlar va bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlovchi qator oʼzgartirishlar kiritildi.
          Sodda qilib aytganda, har bir oilaviy munosabatlarga kirishgan va ayni vaqtda qonuniy statusidan qatʼiy nazarda birgalikda yashab kelayotgan shaxslar, er, xotin va ularning umumiy va umumiy boʼlmagan farzandlariga nisbatan sodir etilgan har qanday jismoniy tazyiq oʼtkazish, tan jarohatlari yetkazganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar belgilandi. Mazkur oʼzgarishning oʼziga xos tomoni shundaki, qonunda har bir sodir etilgan jinoiy qilmish alohida qism va band sifatida ajratilib, jinoiy jazo ham shunga yarasha ogʼirlashib boradi. Mazkur oʼzgartishlar albatta, eng avvalo fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun xizmat qiladi.
M. KAMALOVA,
Beruniy tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘lim boshlig‘i.  1-darajali yurist