Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Tadbirkorning huquqlari tiklandi


Tadbirkorning huquqlari tiklandi

Toʼrtkoʼl tumanidagi “MAKS-MARMARA” MChJ rahbari Toʼrtkoʼl tumani adliya boʼlimiga murojaat qilib, tuman “Toʼrtkoʼl tumani yoʼllardan foydalanish” Unitar korxonasidan 59.497.517 (ellik toʼqqiz million toʼrt yuz toʼqson yetti ming besh yuz oʼn yetti) soʼm miqdoridagi pul mablagʼlarini undirib berishda amaliy yordam soʼragan.
Mazkur murojaatni oʼrganish natijasida,“MAKS-MARMARA” MChJ hamda “Toʼrtkoʼl tumani yoʼllardan foydalanish” UK oʼrtasida haqiqatdan ham mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilganligi, ushbu shartnomaning 4.1.-bandiga asosan mahsulot yetkazib beruvchi shartnomada koʼrsatilgan mahsulotni “xaridorga” toʼliq yetkazib berish,shuningdek shartnomaning 5.2.-bandiga asosan “xaridor” shartnoma imzolanib boʼlgandan keyin 3 (uch) kunlik muddat ichida 100 foiz pulini oʼtkazib berib toʼliq hisob-kitob qilishi shartligi belgilab qoʼyilganligi aniqlandi.
Biroq, “xaridor” tomonidan oʼrganish kuniga qadar yetkazib berilgan maydalangan tosh (sheben) mahsuloti uchun yetkazib beruvchiga 59.497.517 (ellik toʼqqiz million toʼrt yuz toʼqson yetti ming besh yuz oʼn yetti) soʼm miqdoridagi pul mablagʼlari toʼlanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 236-moddasida “Majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʼlmaganida esa — ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʼyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak” deb belgilangan.
Oʼrganish natijasiga koʼra,tuman adliya boʼlimi tomonidan “Toʼrtkoʼl tumani yoʼllardan foydalanish” UKdan “MAKS-MARMARA” MChJ foydasiga 59.497.517 (ellik toʼqqiz million toʼrt yuz toʼqson yetti ming besh yuz oʼn yetti) soʼm miqdoridagi qarzdorlikni undirish maqsadida, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, tadbirkorga toʼlanmasdan kelinayotgan 59.497.517 (ellik toʼqqiz million toʼrt yuz toʼqson yetti ming besh yuz oʼn yetti) soʼm miqdoridagi pullarini toʼlash boʼyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilib tadbirkorning huquqlari tiklanishi taʼminlandi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti N.Аbduraxmanova