Янгиликлар
17
Xodimga ustama pullari toʼlab berildi
Xodimga ustama pullari toʼlab berildi
Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni joriy qilish va taʼlimni raqamlashtirish boʼlimida metodist lavozimida ishlab kelayotgan fuqaro S.I. To'rtko'l tuman adliya boʼlimiga murojat qilib, unga 2024 yilning aprel-may oylari uchun jami 8.129.734 (sakkiz million bir yuz yigirma toʼqqiz ming yetti yuz oʼttiz toʼrt) soʼm miqdoridagi ustama mablagʼlari toʼlanmasdan kelinayotganligi aytilgan.
Oʼrganish natijasida, haqiqatdan ham boʼlim tomonidan xodim S.I.ga 2024 yilning aprel-may oylari uchun jami 8.129.734 (sakkiz million bir yuz yigirma toʼqqiz ming yetti yuz oʼttiz toʼrt) soʼm miqdorida ustama mablagʼlari toʼlanmasdan turganligi aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevral kungi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi PF-5349-sonli Farmonining 7-bandi “g” kichik bandida, “davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʼlgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan boʼlsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʼlmagan miqdorda belgilanadi” deb koʼrsatilgan.
Oʼrganish natijasiga koʼra, tuman adliya boʼlimi tomonidan xodim S.I.ga 2024 yilning aprel-may oylari uchun toʼlanishi lozim boʼlgan jami 8.129.734 (sakkiz million bir yuz yigirma toʼqqiz ming yetti yuz oʼttiz toʼrt) soʼm miqdorida ustama pul mablagʼlari toʼlab berish toʼgʼrisida boʼlim boshligʼi nomiga taqdimnoma kiritilib, xodim S.I.ga jami 8.129.734 (sakkiz million bir yuz yigirma toʼqqiz ming yetti yuz oʼttiz toʼrt) soʼm ustama pullari toʼlab berilishi taʼminlandi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Аllabergenov,