Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

O’zboshimchalik bilan egallangan yerlarga huquqlarni tan olish to’ǵrisidagi qonun imzolandi


O’zboshimchalik bilan egallangan yerlarga huquqlarni tan olish to’ǵrisidagi qonun imzolandi

     Prezidentimiz tomonidan o’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga bo’lgan huquqlarni tan olish to’ǵrisidagi qonun imzolandi. Qonun 2028 yil 1 yanvargacha amal qiladi.
      Qonunda quyidagi yer va mulklarga nisbatan huquqlar etirof etilmoqda:
1) 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o’zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
2) 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko’rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
3) «bir martalik akciya» doirasida (2018−2019 yillar) huquqlarni etirof etish oxiriga etmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
4) 2021 yil 8 iyunga qadar tuman (shahar) hokimi qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
5) boǵdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
6) kichik sanoat zonalariga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
7) davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
8) hokim qarori bilan mulk huquqi etirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.
      Qonunda huquqlarni etirof etishning asosiy shartlari ham aniq belgilangan. Masalan, yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki aukcionga chiqarilmagan bo’lishi, yer bo’yicha nizo bo’lmasligi, bosh reja talablariga zid emasligi va boshqa omillar hisobga olinadi.
     Huquqlarni etirof etish hududlar bo’yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli malumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
      To’plangan hujjatlarning to’liqligi va qonuniyligi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tekshirib chiqiladi. Ularning natijalari mahalla burchaklari, Kadastr agentligining sayti orqali jamoatchilikka elon qilinadi. Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga SMS-xabarnoma yuboriladi. U asosida bir martalik to’lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat kengashi qarori bilan huquqlar etirof etiladi.
     Turar joylar, xususiylashtirilgan yoki mulk huquqi etirof etilgan bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga huquqlarni etirof etish uchun bir martalik to’lov olinadi. Bu to’lov Toshkent shahrida BHMning 5 baravari, Nukus shahri va viloyat markazlarida 3 baravari, shaharlarda 2 baravari va boshqa aholi punktlarida 1 baravarini tashkil etadi. Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan va nogironligi bo’lgan shaxslarga chegirma beriladi.

Qonliko’l tumani adliya bo’limi DXM xodimi:            D.Qudenov