Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Tug‘ilganlikni ro‘yhatga olish


Tug‘ilganlikni ro‘yhatga olish

FHDY organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishdir.         Bolaning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Tug‘ilganlik haqidagi ariza bola tug‘ilgan kundan boshlab bir oy muddat mobaynida og‘zaki yoki yozma shaklda berilishi zarur.
Bola tug‘ilganligi to‘g‘risidagi ariza ota-onasi yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qo‘shnilari yoki ota-onasi yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslar, shuningdek tibbiyot muassasalarining, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari tomonidan berilishi mumkin.
Ota-onasi nikohda bo‘lgan bolaning tug‘ilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan sanadan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasining o‘limi haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” ustunida nikohdan ajralish yoki o‘limning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi ko‘rsatiladi.
Bolaning nasl-nasabi xususidagi barcha nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Agar ota-onalari o‘rtasida nikoh qayd etilmagan bo‘lsa (tug‘ilishni qayd etishda onasi ishtirok etmagan taqdirda) bolaning otasi haqidagi yozuv onaning notarial yoki tibbiy muassasa tomonidan tasdiqlangan arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunda bola otasining familiyasi tug‘ilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvida onasining familiyasi bo‘yicha, bola otasining ismi, ota ismi va millati onaning ko‘rsatmasi bo‘yicha qayd etiladi.
Bolaga ism ota-onaning roziligiga ko‘ra beriladi. Bolaga qo‘shaloq ism berishga yo‘l qo‘yiladi (Saidahmadxo‘ja, To‘xtamurodjon, Gulira’no, Mirzaolim, Mirzo Ulug‘bek, Roza-Mariya).
Bolaga, uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda yuzaga kelgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Bolaning ota ismi uning otasining ismiga ko‘ra beriladi. Otasi haqida ma’lumotlar tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi va guvohnomada yozuvlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zgartirishsiz yoziladi.
Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida “Otasi” va “Onasi” ustunlarini ochiq qoldirish qat’iyan man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga asosan agar otaning familiyasi, ismi va ota ismida imlo xatoliklari mavjud bo‘lsa, ota-onaning xohishiga ko‘ra bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi imlo xatoliklari bartaraf etilgan holda qayd qilinishi mumkin.
Bolaning familiyasiga “-ev”, “-ov”, “-eva”, “-ova” kabi hamda ota ismiga “-evich”, “-ovich”, “-evna”, “-ovna”, “qizi”, “o‘g‘li”, “-iy”, “-xon”, “-xo‘ja”, “-xoji”, “-bek”, “-zoda”, “mir-”, “abdu-” kabi qo‘shimchalarini kiritish yoki shu kabi qo‘shimchalarni familiya va ota ismidan olib tashlash orqali tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkin.
Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgach, ariza beruvchiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma beriladi.
FHDY organlari tomonidan tug‘ilishni qayd etishda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga kiritiladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
O‘lik tug‘ilgan bolaning tug‘ilganligini, shuningdek hayotining birinchi haftasida o‘lgan (perinatal o‘lim) bolalarning tug‘ilganligi va o‘limini qayd etish tibbiy muassasa yoki ushbu muassasaning topib olingan joydagi sud-tibbiy ekspertiza muassasasining yozma murojaatiga binoan mazkur hududdagi FHDY organi tomonidan 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tug‘ilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanishi mumkin bo‘lgan bolaning tug‘ilganligini qayd etish bola tug‘ilgan yoki uning ota-onasi doimiy yoki vaqtincha yashab turgan konsullik okrugidagi konsul tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi chet elda tug‘ilgan va uning tug‘ilganligi konsullik muassasasi tomonidan qayd etilmagan taqdirda, tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan va belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan bola tug‘ilganligini tasdiqlovchi tibbiy hujjat taqdim etilgandan keyin qayd qilinadi.
Tug‘ilishni qayd etishning barcha hollarida bola tug‘ilgan ma’muriy hudud uning tug‘ilgan joyi sifatida yoziladi.


Beruniy tumani FHDYO bo`limi 1 -darajali inspektori
Maturazova Yulduz Zaripbayevna.

































.