Янгиликлар
30
Bir murojaat izidan
Bir murojaat izidan
Taxiatosh tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi xodim fuqora D.X. murojaat qilib, “otasi vafot etganligi sabab, ish beruvchisi tashkilot direktoriga moddiy yordam berishni so‘rab yozma murojaat qilgan, lekin tashkilot direktori tomonidan moddiy yordam berilmagan va xodim norozi boʻlib, amaliy yoʻrdam berishni soʻrab” tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan.
Murojaat tegishli tartibda oʻrganildi, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 65-moddasi 1-qismida Jamoa shartnomasi tashkilotda yoki yakka tartibdagi tadbirkorda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xodimlar tomonidan o‘z vakillari orqali va ish beruvchi tomonidan tuziladigan mehnat to‘g‘risidagi huquqiy hujjatdir deb belgilangan.
Taxiatosh tumani maktabgacha ta’lim tashkilotining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoat shartnomasining 13.7-bandida xodimning otasi yoki onasi, yaqin qarindoshi vafot etganda ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini kamida 1-baravari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatadi yoki shu summa doirasida dafn marosimi xizmatlarini ko‘rsatuvchi firma bilan tuzilgan shartnoma uchun pul o‘tkazib beradi deb ko‘rsatilgan.
Shunga qaramasdan, tashkilot direktori, xodimga moddiy yordam bermagan, lekin tashkilot jamoat shartnomasida ko‘rsatilgan .
Yuqoridagilarga asosan, adliya boʻlimi tomonidan berilgan taqdimnomaga asos, shu masala yuzasidan yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga, maktabgacha ta’lim tashkilotining 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoat shartnomasiga asos qayta koʻrib chiqilib, fuqora D.Xning murojaati ijobiy hal etilib, fuqoraga tegishligicha moddiy yordam pullari to‘lab berilishiga erishildi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi O.Babanov
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markaz boshlig‘i