Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

DINIY EKSTRIMIZM KELAJAKGA TAHDID


DINIY EKSTRIMIZM KELAJAKGA TAHDID

Din kishilarni hamisha yaxshilik va ezgu ishlarga chorlagan, islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalkimizming yillar mobaynida boy ma'naviyati va merosi, uzligini omon saqlab kelgan.
Shu o‘rinda hozirgi davra butun dinyo mamlakatlari diniy ekstrimizm va terrrorizm qarshi kurashmoqda.
Diniy ekstremizmga to'xtaladigan bo'lsak, diniy ekstremizm  baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadilar.
Davlatimiz tomonidan 30.07.2018-yil “Ekstrimizmga qarshi kurashish to’g’risida” O‘RQ-489 sonli O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonunning 3-moddasida ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo'rlik bilan o'zgartirishga, hokimiyatni zo'rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o'zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo'zg'atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi deb keltirilgan.
Mazkur qonunning 15-moddasida ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari:
-O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
-O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
-O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
-O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
-O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi;
-O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa sub'ektlar faoliyatini muvofiqlashtiradi deb keltirilgan.
Ushbu moddada ko'rsatilgan davlat organlari ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni qonunchilikda berilgan o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradi deb ko'rsatilgan.
Xulosa o'rnida har bir soha vakillari, avvalambor, xalqimiz va yoshlarning  huquq madaniyatini oshirish va tashqi ta'sirlardan ehtiyot bo'lishlari, davlatimiz  tomonidan olib borayotgan islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini anglab,  qo'llab-quvvatlash, mamlakat tinchligi uchun hushyor bo'lishimiz zarur.

Taxiatosh tumani adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i     O.Babanov