Янгиликлар
04
Yoqilg'i-energetika tarmog'ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida
Yoqilg'i-energetika tarmog'ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida
Joriy yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg'i-energetika tarmog'ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-118-sonli Farmoni qabul qilindi.
Energetika sohasida davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida manfaatlar to'qnashuvining oldini olish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish ishlarini tizimli yo'lga qo'yish, shuningdek, ushbu sohada ta'sirchan davlat nazoratini ta'minlash maqsadida:
Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va Energetika vazirligining Energetika vazirligi huzuridagi O'zenergoinspektsiyasini uning faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Vazirlar Mahkamasi bo'ysunuviga o'tkazish to'g'risidagi taklifiga rozilik berildi.
O'zenergoinspektsiya yoqilg'i-energetika tarmog'ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.
Shu bilan birga, O'zenergoinspektsiyaga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi.
O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda energiya samaradorligi bo'yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
yillik energiya iste'moli 500 tonna shartli yoqilg'idan yuqori bo'lgan barcha sanoat korxonalarida energiya iste'molini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;
sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to'liq raqamlashtirish;
energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o'lchov laboratoriyalari bo'yicha minimal talablarni belgilash.
3. Belgilansinki:
Farmon bilan, O'zenergoinspektsiya bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisobdor ekanligi;
O'zenergoinspektsiya faoliyati respublika byudjeti mablag'lari va uning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi;
O'zenergoinspektsiya boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning o'rinbosarlari esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanishi hamda lavozimidan ozod qilinishi belgilandi.
D.Xabibullayeva,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi
Davlat xizmatlari ko’rsatilishi ustidan
nazorat qilish sho‘basi,
Bosh maslahatchisi